Samsung vitse-prezidentini 12 yillik qamoq kutmoqda

Samsung vitse-prezidentini 12 yillik qamoq kutmoqda

Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung korporatsiyasi prezidentining o‘g‘li, kompaniya ijrochi direktori Li Je Yongga 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishini talab qildi, deya xabar etmoqda Yonhap News agentligi.

Samsung kompaniyasining 49 yoshli merosxo‘riga nisbatan poraxo‘rlik, tovlamachilik, davlat mulkini o‘zlashtirish, daromadni yashirish, jinoyatni yashirish va yolg‘on ko‘rsatma berish kabi ayblovlar ilgari surilgan.

Prokuratura e’lon qilgan ayblovga ko‘ra, Li Je Yong Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Hening dugonasi Choy Sun Shilga 43,3 milliard von (38 million dollar) pora berishda gumon qilinmoqda. Li Je Yong azkur pora evaziga 2015 yilda Samsung'ning ikki yirik bo‘limini birlashtirish uchun hukumat dastagini qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, Samsung'ning ijrochi ridektori Choy Sun Shilning 21 yoshli qizi Chong Yu Raning ot sporti bilan shug‘ullanishi uchun xarajatlarni zimmasiga olishi evaziga Milliy penciya xizmatida Samsung asosiy hissador bo‘lishi uchun muhim ovozlarni qo‘la kiritgan.

Li Je Yongning advokatlari esa unga qo‘yilgan ayblovlarni isbotlash uchun yetarlicha dalillar yo‘qligini aytishgan. Sud mahkamasida so‘z olgan Li Je Yong o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan. Ko‘zlarida yosh bilan gapirgan Samsung vitse-prezidenti sobiq prezidentdan shaxsiy manfaati yo‘lida biror narsa tama qilmaganini bayon qilgan.

Sud tinglovida prokurorlar Samsung'ning yana uch nafar yuqori martabali vakiliga 10 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘ragan. Li Je Yongga nisbatan sud hukmi 25 avgust kuni e’lon qilinadi. Ayni paytda sobiq prezident Pak Kin He va uning dugonasi Choy Sun Shilga nisbatan sud mahkamalari ham davom etmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!