Samsung yangi avlod operativ xotirasini taqdim etdi

Samsung yangi avlod operativ xotirasini taqdim etdi

Samsung birinchi bo‘lib LPDDR5x operativ xotirasini ishlab chiqdi. Ushbu xotiraning tezlik hamda sig‘im imkoniyatlari avvalgi LPDDR5 xotirasinikiga qaraganda ancha yaxshilangan, shu bilan birga u 20% kamroq energiya sarflaydi. 

LPDDR5x operativ xotirasining tezligi 8.5 Gbit/sekundga yetishi mumkin. Avvalgi LPDDR5 xotirasining tezligi esa 6.4 Gbit/sekundni tashkil qilar edi. 

Yangi avlod operativ xotira 14 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, 64GB gacha bo‘lgan xotira hajmini qo‘llab quvvatlaydi. Bu esa katta hajmli operativ xotiraga ega bo‘lgan smartfon, planshet hamda noutbuklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy A53 5G'ning renderlari e’lon qilindi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.