Samsung yangi buklanuvchi smartfon prototipini taqdim etdi

Samsung yangi buklanuvchi smartfon prototipini taqdim etdi

Samsung ham ichkariga, ham tashqariga buklanuvchi displey va buklanuvchi mexanizmning yangi prototipini taqdim etdi. Ushbu yechim buklanuvchi mexanizmning 360 gradusga buklana olish imkoniyatini yaratadi. Bu bilan ekranning buklanadigan joyidagi chiziqning ko‘zga tashlanish darajasi anchaga kamayadi.

Ushbu prototip The Verge nashri uchun taqdim etilgan bo‘lib, u smartfon haqida hech qanday ma’lumot bermadi. Mish-mishlarga qaraganda ushbu prototip yangi avlod Galaxy Z Fold modeli bo‘lishi mumkin.

Displey yangi buklanuvchi mexanizmga ega bo‘lgani uchun u to‘liq buklana oladi. Displeyining ikki tomonga buklana olishi sababli endi qurilmaga tashqi displeyni o‘rnatishning hojati qolmaydi. Bu o‘z navbatida smartfonning qalinligi oshib ketmasdan uning ichiga katta hajmli akkumulyator va katta sensorli kameralarni o‘rnatish imkonini beradi. 

O‘QING: Samsung yangi Galaxy S23 modellarining unumdorlik darajasini oshirmoqchi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.