Samsung yangi namoyish qilgan ushbu operativ xotira bilan yangi smartfonlar yanada tezkor ishlaydi

Samsung yangi namoyish qilgan ushbu operativ xotira bilan yangi smartfonlar yanada tezkor ishlaydi

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi bugun sanoatdagi eng tezkor operativ xotira, LPDDR5X DRAM'ni taqdim qildi. Ushbu nom ko'pchilikka begona emas, yoxud kompaniya joriy yilning mart oyida LPDDR5X DRAM operativ xotirasini 7.5 Gbit/s tezlikda chiqargan edi, lekin bu safar u avvalgisidan 1.3 marta tezroq, 20 foizga yaxshilangan quvvat samaradorligiga ega. Uning tezligi esa soniyasiga 8 gigabitni tashkil qiladi.

Yangi xotira Snapdragon chipli mobil smartfonlarda foydalanish uchun tasdiqlangan. Shuningdek, kompaniyaning ta'kidlashicha, LPDDR5X'ning kam-quvvat va yuqori unumdorligi undan smartfonlardan tashqari, kompyuterlar, serverlar va avtomobillarda ham foydalanish imkonini beradi. Qolaversa, "kichik, tezkor va tejamkor xotiraga bo'lgan ehtiyojning ortib borishi sabab, LPDDR DRAM sun'iy intellekt va metaolam bozorlarida ham o'z ishtirokini kengaytirishi kutilmoqda" deydi Samsung.

Qualcomm kompaniyasining mahsulotlarni boshqarish bo'yicha vitse-prezidenti, Ziad Asgharning so'zlariga ko'ra, yangi Snapdragon chipseti bilan Qualcomm Samsung'ning LPDDR5X DRAM xotirasini qo'llab-quvvatlaydigan ilk kompaniya bo'ladi va bu katta ehtimol bilan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bo'lishi mumkin.

O'QING: Motorola o‘zining cho‘zinchoq smartfonini ko‘rsatdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!