Samsung yangi Onxy rangdagi Galaxy Buds 2 va Buds Live quloqchinlarni taqdim etdi

Samsung yangi Onxy rangdagi Galaxy Buds 2 va Buds Live quloqchinlarni taqdim etdi

Samsung 17 mart sanasida Galaxy A73, A53 va A33 smartfonlari bilan bir qatorda Onxy rangli Galaxy Buds 2 va Galaxy Buds Live quloqchinlarni taqdim etdi. 

Yangi rangdagi quloqchinlar onlayn tadbirda namoyish qilinmadi, aksincha kompaniya tadbirdan so‘ng yangi quloqchinlarning tashqi ko‘rnishini tasvirlovchi suratlarni e’lon qildi. 

Yangi rangdagi quloqchinlar kelasi oydan Samsung onlayn do‘konlarida sotila boshlaydi. Galaxy Buds 2 quloqchini o‘tgan yili Galaxy Z Fold3 va Z Flip3 buklamafonlari bilan taqdim etilgan. Ushbu quloqchinning eng yaxshi xususiyatlaridan bir bu qo‘ng‘iroqlar paytida tashqi shovqinlarni filtrlaydigan va faqat karnay ovozini kiritishga imkon beruvchi maxsus VPU funksiyasi hisoblanadi. 

Galaxy Buds Live esa 2020 yili Galaxy Note20 seriyasi bilan birga taqdim etilgan. Ikkala qurilmaning hozirgi narxi taqdim etilgan narxidan pastlagan. Katta ehtimol bilan ularning Onxy rangli turi ham bundan mustasno emas, ya’ni ularning narxi taxminan 129 (Galaxy Buds 2) va 100 (Galaxy Buds Live) yevro atrofida bo‘ladi. 

O‘QING: Samsung Galaxy A53 rasman taqdim qilindi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!