Samsung yangicha displeyni patentladi. U keyingi yilgi smartfonlarga o‘rnatilishi mumkin

Samsung yangicha displeyni patentladi. U keyingi yilgi smartfonlarga o‘rnatilishi mumkin

Samsung o‘zining navbatdagi Galaxy S11 lineykasi ustida ishlashni boshlab yuborganidan yaxshi xabardormiz. 

Kundan-kunga gadjet haqida ko‘proq ma’lumot paydo bo‘layotir. Mana shunday ma’lumotlardan eng so‘nggisi qurilmaning orqa va old panellariga oid. Koreya Intellektual mulk agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Smartfon displeylari kategoriyasiga SAMOLED nomini qo‘shib qo‘ydi. Bundan chiqdi, S seriya flagmanlariga o‘rnatiladigan displey nomlanishi yana o‘zgaradi. 

Boshqa bir xabarda esa Twitter'dagi ishonchli liksterlardan biri smartfon ranglari haqida ma’lumot berib, 2020 yilgi Galaxy S'lar qora, kulrang va ko‘k ranglarda chiqarilishini aytgan edi. Arzonroq Galaxy S11e varianti esa ko‘k, kulrang va pushti ranglarda bo‘ldi.

Galaxy S10'ga Dinamik AMOLED ekran o‘rnatilgan edi. Bu o‘ta katta piksel zichligiga (526 piksel/dyuym) ega bo‘lgan HDR10+ ni qo‘llab-quvvatlovchi OLED paneldir. Yangi SAMOLED nomi Samsung va OLED so‘zlaridan yasalganiga shubha yo‘q. Bu nomni Samsung'ning yana bir savdo belgisi bo‘lgan SUPER AMOLED bilan adashtirmaslik kerak. 

Yangicha nomlanuvchi displeyda Infinity-O ekran takomillashtirilishini kutib qolamiz. 

O‘QING: Barcha modellardagi Galaxy S11’larning ekran o‘lchamlari va yana ikkita zo‘r jihati ma’lum 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!