Samsung yirik smartfon bozorida yengildi! Uni kim mag‘lub qildi?

Samsung yirik smartfon bozorida yengildi! Uni kim mag‘lub qildi?

So‘nggi moliyaviy hisob-kitoblarga ko‘ra, Hindiston smartfon bozorida bir necha yillardan beri yetakchi bo‘lib kelgan Samsung kompaniyasi orqaga chekindi va o‘z o‘rnini qo‘ldan boy berdi. Bir nechta manbalarning tasdiqlashlaricha, bu yirik smartfon bozorining yangi qiroli xitoylik Xiaomi kompaniyasi bo‘ldi.

Taniqli Canalys tadqiqotlariga ko‘ra, 2017 yilning so‘nggi kvartalida Xiaomi Hindistonda 9 mln dona smartfon sotgan. Samsung'da esa bu ko‘rsatkich 7,3 mln donani tashkil qiladi.

Umumiy hisoblaganda, Hindistonda so‘nggi chorakda sotilgan smartfonlarning 50% qismi aynan shu brendlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Aniqroq aytganda, Xiaomi bu bozorning 27%, Samsung — 25% qismini egallab olgan. Ya’ni, Samsung 30 million dona smartfon sotgan bo‘lsa, xitoylik ishlab chiqaruvchi esa 31 million donaga yaqin devays sotishga erishgan.

Xiaomi kompaniyasi 240 dollargacha bo‘lgan gadjetlari, xususan Redmi Note 4, Redmi Note 4X, Mi A1, Mi5X kabi modellarining ommabopligi hisobiga mazkur natijaga erishgan.

Diagrammadan ham ko‘rinib turibdiki, Hindistonda Xiaomi smartfon savdosi oxirgi paytga kelib 2 barobar, koreyalikning smartfon bozori esa 17% ga kattalashgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!