Samsung'chilar bormi?

Samsung'chilar bormi?

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasini yaxshi bilasiz, ehtimol, qurilmalaridan ham foydalanasiz. Biroq kompaniyaning o‘zi haqida bilimlaringiz qanchalik darajada? Keling, buni quyidagi testlar orqali bilib olamiz. Eng quyidagi ”Javoblarni bilish” tugmasini bosib, to‘g‘ri javoblarni bilib olishingiz mumkin.

1. Harman International'ni xarid qilish uchun Samsung qancha mablag‘ sarflagan?
A. 12 milliard dollar
B. 8 milliard dollar
C. 6 milliard dollar
2. Samsung o‘zining Exynos chiplarida maxsus grafik protsessoridan foydalanadimi?
A. Ha
B. Yo‘q
C. Faqat ba’zi bozorlarda
3. Samsung smartfonlarida qo‘llab-quvvatlanuvchi eng tezkor simli zaryadlash tezligi qancha?
A. 45 vatt
B. 25 vatt
C. 15 vatt
4. Galaxy Buds'da tashqi shovqinni faol bartaraf qilish funksiyasi bormi?
A. Ha
B. Yo‘q
C. Simsiz quloqchinlarning hech qaysisida bu funksiya bo‘lmaydi
5. Samsung barqaror Android 10 operatsion tizimini qaysi smartfoniga birinchi bo‘lib jo‘natgan?
A. Galaxy S9
B. Galaxy Note10
C. Galaxy S10
6. Samsung mobil bo‘limi Bosh ijrochi direktori kim?
A. Ko Dong-chin
B. Li Je-yong
C. Choi Ji-sung
7. Samsung'ning qaysi smartfoni ilk egiluvchan AMOLED displeyga ega edi?
A. Galaxy Note Edge
B. Galaxy S6 edge
C. Galaxy Round
8. iPhone'larning qaysi tarkibiy qismini Samsung yetkazib beradi?
A. Akkumulyator
B. OLED panel
C. Kamera
9. Qaysi displey texnologiyasi Samsung televizorlarida qo‘llanilmay qo‘ygan?
A. OLED 
B. LED
C. QLED
10. Samsung 837 texnologiya amaliyoti (shou rumi) qaysi shaharda joylashgan?
A. Seul
B. Pekin
C. Nyu-York

Javoblarni bilish

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!