Samsung'dan tub burilish: kompaniya o‘zining besh yillik an’anasini buzmoqchi

Samsung'dan tub burilish: kompaniya o‘zining besh yillik an’anasini buzmoqchi

Samsung yangi Galaxy S22 seriyasi smartfonlarini Exynos 2200 chipi bilan jihozlaydi. Janubiy Koreyadan olingan xabarlarga ko‘ra, kompaniya o‘z an’analarini buzishi mumkin. Yani Samsung AQSh hamda Xitoy uchun chiqariladigan smartfonlarni Exynos chipi bilan jihozlaydi.

Ikki mamlakatdagi Verizon hamda China Telecom kompaniyalari Samsung bilan Exynos chiplarining yangi turini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Shunga qaramay, ularning ichki raqobatchilari Qualcomm tomonidan ishlab chiqarilgan chiplarni qo‘llab-quvvatlamoqdalar.

O‘QING: Samsung Galaxy S22'lar ertaroq taqdim qilinishi mumkin

Besh yildan beri Samsung AQSh hamda Xitoy uchun chiqarilgan S seriyasidagi smartfonlarni Snapdragon chipi, xalqaro bozor uchun ishlab chiqarilgan smartfonlarini esa Exynos bilan jihozlab kelmoqda.

Lekin, aftidan, Verizon hamda China Telecom kompaniyalari eng so‘ngi Exynos chipi bilan jihozlangan S modelidagi smartfonlarni sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa bozori uchun ishlab chiqariladigan Galaxy S22 smartfonlari odatdagidek Exynos chipiga ega bo‘ladi, ammo Hindiston bozori uchun smartfonlarga Snapdragon chipi o‘rnatiladi.

Manbaning yana bir qiziq tafsiloti shundaki, bu holat Suvon shahrida joylashgan Samsung shtab-kvartirasida bir necha muammolarni keltirib chiqardi. IM (IT va mobil aloqa) bo‘limi Exynos 2200 chipining past rentabelligi tufayli yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi guruhdan uning narxini pasaytirishni so‘radi. Avvalroq ushbu bo‘lim Qualcomm bilan arzonroq narxdagi chiplarni sotib olish borasida muzokaralar olib borayotgan edi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 seriyasi smartfonlarining kamera imkoniyatlari, displey o‘lchamlari hamda akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!