Samsung'ning eng innovatsion va qimmat smartfoni Android 10'ga kutilganidan ancha oldin o‘tadi

Samsung'ning eng innovatsion va qimmat smartfoni Android 10'ga kutilganidan ancha oldin o‘tadi

Samsung Galaxy Fold buklamafoni foydalanuvchilari «kelajak parchasi» uchun katta pul to‘ladilar, ammo yangi dasturiy ta’minot yangilanishini kutishga majbur bo‘ldilar. Samsung kompaniyasining avval e’lon qilingan rejalariga ko‘ra, smartfonning operatsion tizimi aprel yoki may oyida yangilanishi kerak.

Biroq xabar berilishicha, kutish unchalik uzoqqa cho‘zilmasligi mumkin. Tafsilotlar bilan mashhur XDA Developers sayti bosh muharriri Maks Vaynbax Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bu haqida o‘rtoqlashdi.

Unga ko‘ra, Samsung Galaxy Fold Android 10'ni fevral yoki mart oylarida qabul qilishi ehtimoli yo‘q emas. Shu bilan birga, u fevralni yangilanish ehtimoli yuqoriroq vaqt deb hisoblaydi.

Hozirgacha Samsung Galaxy S9, Galaxy Note10, Galaxy S10 va Galaxy Note9 smartfonlariga mo‘ljallangan Android 10 asosidagi OneUI 2.0 qobig‘ini chiqargan.

O‘QING: Galaxy Fold haqidagi xabarlar noto‘g‘ri ekan

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!