Samsung'ning navbatdagi hamyonbopi bilan tanishing

Samsung'ning navbatdagi hamyonbopi bilan tanishing

Samsung model raqami SM-M115F/DS bo‘lgan yangi smartfon ustida ishlamoqda. Bu qurilma o‘tgan yilgi Galaxy M10 va M10s'larning keyingi avlodi — Galaxy M11.

Tayvanning NCC agentligi sertifikatini olgan smartfonning rasmlari ham sizdirildi.

Galaxy M11 anchayin katta — 5 000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorda ishlab, orqa panelda uchta kamera, old tomonda esa aylana tirqishli selfi modulga ega bo‘ladi.Rasmlardan yana ko‘rish mumkinki, devaysning orqa tomonida barmoq izi skaneri qoldirilgan. Bu esa ekran LCD panel bo‘ladi, deganidir. Yuqori tomonda 3.5 mm audio tirqish, pastda esa USB port bilan karnay joylashgan.

Afsuski, tasvirlardan quvvat uyasi microUSB yoki USB-C ekanligini aniq emas. Ammo M10s'da yangi standartdan foydalanilganini inobatga olib aytish mumkinki, yangi modelda ham USB-C qo‘llanilgan bo‘lishi kerak.Galaxy S20 Ultra'niki bilan bir xil sig‘imdagi akkumulyator 15 vattda quvvatlanadi. Hajmi borasida esa smartfon o‘tgan yilgi «ajdod»lariga qaraganda bo‘yiga uzunroq ko‘rinadi.Galaxy M11 butun global miqyosdagi sertifikatga ega bo‘lgani sabab taqdimot ham yaqin bo‘lishi kerak.

O‘QING: Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.