San-Fransiskodagi restoranlardan biri likopcha o‘rnida iPad`dan foydalanmoqda

San-Fransiskodagi restoranlardan biri likopcha o‘rnida iPad`dan foydalanmoqda

Mijozlarni ko‘proq jalb qilish maqsadi restoran sohiblari antiqa yangiliklarni o‘ylab topishlari barchaga ayon. Ammo bu galgi “innovatsiya” internet tarmog‘ida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Gap shundaki, AQShning San-Fransisko shahridagi restoranlardan biri taom likopchasi sifatida rostakam iPad`dan foydalanishga qaror qilgan. Quince restorani sohibi Maykl Tusk va bosh oshpaz Richi Nikano muassasaga yanada ko‘proq mijozlarni jalb qilish uchun ushbu usuldan foydalanishmoqda, deb yozmoqda Tech Cult nashri.

Masalan, oq tryufellardan tayyorlangan antiqa taom stolga iPad bilan tortilgach, mijoz ovqatni tanovul qilish jarayonida uning ekranida oq tryufellarni izlayotgan jonzotlarni tomosha qiladi. Bunda taom iPad planshetining aynan ustida emas, balki unga o‘ralgan shaffof g‘ilof ustiga suziladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!