Satya Nadella: Microsoft ilg‘or smartfon yaratadi

Satya Nadella: Microsoft ilg‘or smartfon yaratadi

Garchi texnologiyalar sohasida “keksa” mutaxassis bo‘lsa-da, Microsoft kompaniyasi, ma’lumki, smartfon biznesida ijobiy natijalarga erisha olmadi. Biroq firma hali-hamon bu sohada omadini sinab ko‘rish fikridan qaytmagan. Yaqinda Microsoft rahbari Satya Nadella kompaniyaning smartfonlar sohasida ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmaganini tan olib, gigant ilg‘or funksiyali yangi smartfonlar tayyorlashda davom etishini ta’kidlab o‘tdi.

Bu haqda Phonearena bergan xabarda yozilishicha, Nadella o‘z mulohazasining o‘rinli ekanligini isbotlash maqsadida HP Elite x3 cmartfonini misol sifatida keltirgan va   Microsoft mazkur sohada yangi trendni boshlab berayotgani haqida so‘z yuritgan. Hozircha Nadella Microsoft tomonidan kelgusida tayyorlanadigan “eng ilg‘or” smartfonning boshqa tafsilotlariga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Microsoft 2014 yilda Nokia kompaniyasining telefonlar ishlab chiqaradigan bo‘limini 7 mlrd dollarga xarid qilgan edi. Biroq oradan qariyb ikki yil o‘tsa ham Microsoft bu borada salmoqli natijalarga erisha olganicha yo‘q.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!