Samsung eng kuchli Exynos 9825 protsessorini taqdim etdi!

Samsung eng kuchli Exynos 9825 protsessorini taqdim etdi!

Samsung bugun Galaxy Note10 va Note10+ smartfonlarini namoyish qilishi rejalashtirilgan. Marosim oldidan kompaniya yangi smartfonlarga ham o‘rnatilgan, yakkakristalli Exynos 9825 platformasini taqdim qildi. Bu 7 nm lik texnologiya asosida yaratilgan ilk qurilma bo‘lmasa-da, uni yaratishda ultrabinafshali litografiya qo‘llanilgan va bu bo‘yicha u rostdan ham dunyoda birinchi.

Представлена однокристальная платформа Samsung Exynos 9825 — первая в мире SoC, выполненная по технологии 7 нм EUV

Exynos 9825’ning Exynos 9820’dan asosiy farqi ularning turli texnojarayonda yaratilganligi bo‘lgan: avval 8 nm edi, endi esa 7 nm. Buning evaziga platformaning samaradorlik darajasi oshishi kerak, lekin katta farq sezilmaydi.

Platforma konfiguratsiyasi o‘zgarmagan. U avvalgidek ikkitalik shaxsiy, yuqori samaradorli yader, yana ikkita Cortex-A75 yaderi va to‘rtta Cortex-A55 yaderidan iborat bo‘lgan jami sakkiz yaderli protsessorligicha qolgan. GPU ham o‘sha-o‘sha - ARM Mali-G76 MP12. Chastota haqida esa ma’lumot berilmagan. Yanada murakkabroq texjarayonda tufayli chastota ozroq oshgan bo‘lishi turgan gap.

Exynos 9825 protsesseri 30 k/s chastotada 8K yoki, 150 k/s chastotada 4K videolarni tomosha qilish mumkin. Unga LTE Cat. 20 modemi o‘rnatilgan, shuningdek, 5G Exynos Modem 510 o‘rnatish imkoniyati ham yaratilgan. Albatta, Sun’iy intellekt vazifalarini bajarishga javob beruvchi NPU (Neyron protsessor) ham platformadan joy olgan.

Protsessor 4K yoki WQUXGA (3840 x 2400 piksel) aniqligidagi ekran, UFS 3.0 va UFS 2.1 flesh-xotira, LPDDR4X operativ xotira, 22 Mp frontal va 16 Mp juft kameralarni qo‘llab quvvatlashi aytilgan. Katta extimol bilan ushbu xususiyatlar bugun namoyish qilinuvchi smartfonlarga tegishli bo‘lishi extimoli yuqori.

O‘QING: Galaxy Book S: birinchi surati va Geekbench testi natijalari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!