SeaLife suv ostida tasvir olishga mo‘ljallangan ixcham kamerani taqdim etdi

SeaLife suv ostida tasvir olishga mo‘ljallangan ixcham kamerani taqdim etdi

SeaLife kompaniyasi suv ostida 60 metr chuqurlikkacha video va tasvirlar olish imkoniyatiga ega bo‘lgan DC2000 kamerasini namoyish qildi.

Sealife saytida yozilishicha, kameraga Sony tomonidan ishlab chiqarilgan sensor o‘rnatilgan. CMOS sensorning formati 1 dyuymni tashkil etadi, aniqligi 20 MP. Unga yozilgan fayllarni saqlash uchun 128 GBgacha bo‘lgan microSD-karta o‘rnatish mumkin, doimiy xotirasining sig‘imi – 80 MB. Diafragma F/1,8 va F/11 orasida sozlanadi.

SeaLife-DC2000-digital-underwater-camera-1

Yakka kadrlardan tashqari oraliq s’yomka va 8 k/s tezligidagi seriyali s’yomka imkoniyatlari mavjud. Video rejimida 1080p aniqligida 60 k/s kadr chastotasi bilan suratga olsa bo‘ladi. Tayyor kadrlar RAW va JPEG formatlarida saqlanadi. Suv ostida suratga olish uchun 4 ta va quruqlikdagi faoliyat uchun 25 ta syujetli dasturdan foydanish mumkin.

Shuningdek, qurilmada chaqnoq, uch dyuymli displey, Wi-Fi va Bluetooth interfeyslari ko‘zda tutilgan.

SeaLife DC2000 kamerasining narxi 700 dollar, sotuvlari 1 dekabrdan boshlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!