Sekin ishlaydigan internet qo‘rqinchli filmlar darajasida stressga sabab bo‘ladi

Sekin ishlaydigan internet qo‘rqinchli filmlar darajasida stressga sabab bo‘ladi

Sekin ishlaydigan internet va dahshatli filmlar bir xil darajada stress keltirib chiqaradi. Shvetsiyaning Ericsson kompaniyasi olimlari shunday xulosaga keldi, deb yozadi «TASS».

O‘tkazilgan tajribada ishtirokchilar smartfonda video tomosha qildi, mutaxassislar esa bu vaqtda ulardagi puls o‘zgarishi, miya faolligi darajasi va ko‘z harakati tezligini nazorat qildi. Tadqiqotchilar aniqlashicha, masalan, tasvir qotgan paytda, ishtirokchilarda yurak urish tezligi o‘rtacha 38 foizga oshadi.

Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, video yuklanishidagi 6 soniyalik kechikish odam organizmida dahshatli filmni tomosha qilish yoki matematik tenglama yechish vaqtida bo‘ladigan reaksiyani keltirib chiqaradi.

Tadqiqot Daniya poytaxti Kopengagenda o‘tkazildi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, dunyodagi eng tezkor mobil internet aynan Daniyada qayd etilgan — 2014 yilda mobil internet tezligi u yerda soniyasiga o‘rtacha 22,3 megabitga teng bo‘lgan.

Manba: Daryo.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.