«Selfi»ga ishqibozlikni psixiatrlar ruhiy kasallik deb e’tirof etishdi

«Selfi»ga ishqibozlikni psixiatrlar ruhiy kasallik deb e’tirof etishdi

«Selfi» tushirishga ishqibozlik rasman ruhiy kasallik deb tan olindi. Amerika psixiatriya assotsiatsiyasi olimlari bunday xulosaga kelishdi, deb yozmoqda Sof.uz.

Assotsiatsiya selfies deb atalgan yangi kasallik klassifikatsiyasi taqdimotini Chikagoda o‘tkazdi.

Psixiatrlarning fikricha, selfies obsessiv-kompulsiv kasallik bo‘lib, o‘ziga bo‘lgan hurmat o‘rnini to‘ldirish uchun doimiy ravishda o‘zini suratga tushirib, suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylash istagi bilan tavsiflanadi.

Kasallik uch darajada bo‘lib, birinchisida kishi bir kunda o‘zini kamida uch marta «selfi»ga tushiradi, biroq ijtimoiy tarmoqlarga joylamaydi.

Ikkinchi — o‘tkir darajada odam o‘zini bir kunda kamida uch martda suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yadi.

Uchinchi — surunkali kasallikda esa foydalanuvchi o‘zini tun-kun «selfi»ga olib, bir kunda olti martalab internetga joylaydi.

Psixiatrlar hozircha selfies’dan davolanish vositasi yo‘qligini ta’kidladi. Biroq ushbu yangilikka izoh yozgan foydalanuvchilardan biri muammoni hal qilish bo‘yicha o‘z taklifini bildirib, mobil telefonlarni yo‘q qilishga chaqirdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.