Selfi yordamida smartfon himoyasini buzish mumkin ekan

Selfi yordamida smartfon himoyasini buzish mumkin ekan

Bugungi kunda selfilarning shiddat bilan ommalashayotgani barchaga ma’lum. Hatto ba’zi hollarda smartfonning old kamerasidan uning asosiy kamerasiga qaraganda ko‘proq foydalanilmoqda.  Biroq yaqinda ma’lum qilingan xabarlarga ko‘ra, selfi orqali smartfonni buzib kirish imkoniyati ham mavjud ekan. Buning uchun selfiga tushgan smartfon egasining barmoq izlari nusxasidan foydalaniladi.

Yaponiya milliy informatika institutining professori Isao Echizenning Sakkei Shinbun nashrida bergan xabarida qayd etilishicha, uning jamoasi selfidagi barmoq izini modulyasiya qilish orqali smartfon himoyasini buzishga muvaffaq bo‘lgan. Agar Osiyoda V shakli bilan suratga tushish keng ommalashganini hisobga olsak, bunday zaiflik foydalanuvchilar daxlsizligini shubha ostida qoldirishi mumkin, deyiladi Phone Arena ma’lumotida.

Isao Echizenning jamoasi ayni paytda mazkur zaiflik uchun himoya tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!