Selfiga “shaydo” ayollar uchun maxsus smartfon taqdim qilindi

Selfiga “shaydo” ayollar uchun maxsus smartfon taqdim qilindi

Xitoyning Meitu kompaniyasi ayollar auditoriyasiga mo‘ljallangan Meitu M6 smartfonini namoyish qildi. Mazkur smartfon yuqori sifatli selfi suratga olish qobiliyati – uning “tashrif qog‘ozi” bo‘lishi kutilmoqda.

Devays 5 dyuymli fullHD (1920 x 1080) AMOLED displeyga ega. Mobil aloqa vositasiining apparat dasturiy ta’minoti uchun 3 GB tezkor xotira bilan ta’minlangan, 2 Ggs chastota tezligida ishlaydigan, 64 bit va 8 yadroli Mediatek Helio P10 protsessori javobgar bo‘ladi.

Meitu M6’ning doimiy xotira sig‘imi 64 GB. Qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida uning xotira hajmini yanada kengaytirish mumkin. Meitu M6’ning bosh menyu tugmasida barmoq izlari skaneri ham joylashtirilgan.

Smartfonga o‘rnatilgan har ikkala kameraning suratga olish sig‘imi 21 MP. Quvvat toshi – akkumulyator esa 2650 mA soat elektr tokini sig‘dira oladi.

Meitu-M6_7

Shu bilan birga, kompaniya 2015 yilning kuzida taqdim qilingan Meitu V4 gadjetining ham yangi talqinini namoyish qilgan. Uning yangi talqini 128 GB doimiy ichki xotiraga ega. Uning narxi Xitoyda ichki imkoniyat va talqinidan kelib chiqib 610 – 760 AQSh dollarigacha bo‘lishi kutilmoqda.

Meitu M6 esa bozorga $457 dollardan sotuvga chiqariladi.

Meitu Xitoyning yetakchi foto ilovalar ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, jahon miqyosida uning 800 milliondan ortiq foydalanuvchilar mavjud. Kompaniya 2013 yildan boshlab smartfon bozoriga kirib kelgan. 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.