«Sen bo‘lmasang boshqasi!» – YouTube o‘rniga Huawei smartfonlarida nima bo‘ladi?

  •   DiMaX
  •  1467
  •  28.05.2020 12:43

«Sen bo‘lmasang boshqasi!» – YouTube o‘rniga Huawei smartfonlarida nima bo‘ladi?

AQShning yangi sanksiyalari sababli Huawei o‘zining yangi smartfonlarida Google kompaniyasining dasturiy ta’minotini qo‘llay olmaydi. Shu sababli xitoylik gigant o‘z qurilmalarida alohida ekotizimni shakllantirishga zo‘r bermoqda.

O‘QING: Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

Amerika kompaniyasi barcha Android-smartfonlarga taqdim etgan dasturiy ta’minot mahsulotlari orasida esa eng ommabop videoxosting – YouTube ilovasi ham bor... Xo‘sh, Huawei mobil qurilmalarida uning o‘rniga qanday videoservis bo‘ladi?

Ma’lum bo‘lishicha, xitoyliklar allaqachon bu borada Dailymotion videoxostingi bilan kelishuv imzolashgan. Mazkur kompaniya ularga Huawei Video platformasini rivojlantirishga yordam beradi, u esa YouTube muqobili bo‘ladi.

Yangi hamkorlik evaziga Huawei videoni qayta ishlash va ijro etish uchun Dailymotion jihozlaridan foydalanadi. Bundan tashqari, mazkur videoxosting kontentiga Huawei Video’dan kirish mumkin bo‘ladi.

Shu tariqa, xitoyliklarning mazkur video ilovasi YouTube bilan raqobatga kirishadi. Xuddi u kabi, Huawei platformasi ham kontent yaratuvchilarga monetizatsiyani tklif etadi.

O‘QING: TOP-10: YouTube’da eng ko‘p layklangan kliplarni mana shu yerda ko‘ring!