SES 2017 ko‘rgazmasida o‘g‘irlangan Razer noutbuklari Xitoydan topildi

SES 2017 ko‘rgazmasida o‘g‘irlangan Razer noutbuklari Xitoydan topildi

Bundan bir necha kun avval AQShda o‘tkazilgan SES 2017 ko‘rgazmasidan o‘g‘irlab ketilgan uch ekranli Razer noutbuki haqida saytimizda xabar bergan edik. Ishlab chiqaruvchi mazkur model o‘g‘rilarini ushlashga yordam beradigan har qanday ma’lumot uchun hatto 25 000 dollar mukofot va’da qilgan edi.

Bugun IXBT tarqatgan ma’lumotga ko‘ra ushbu noutbuk Xitoyda aniqlangan. Uch ekranli noutbuk hozirda Xitoyning Taobao saytida sotuvga qo‘yilgan, o‘g‘ri yoki uning yangi egasi noutbuk uchun 21 700 dollar narx belgilagan.

Albatta, endilikda Razer o‘z gadjetini qayta sotib olishi ham mumkin. Biroq hozircha voqeaning qanday tugashi ma’lum emas.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.