Seul “smartfon zombilari”ga qarshi kurash boshladi

Seul “smartfon zombilari”ga qarshi kurash boshladi

Aholining smartfondan  foydalanish darajasi bo‘yicha Janubiy Koreya jahonda yetakchi o‘rinlarda turadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, bu yerda smartfon bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘lami ham kengayib bormoqda.

Koreya Transport xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha, 2014 yilda mamlakatning avtomobil yo‘llarida smartfondan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan 1000 dan ortiq ko‘ngilsiz hodisa qayd etilgan. 2009 yilda esa bu ko‘rsatkich 437 tani tashkil etgan.

Shu sababdan, Seul ko‘chalari bo‘ylab smartfondan foydalanish fojiaga aylanishi mumkinligidan ogohlantiruvchi 300 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatilmoqda. “Smartfon zombi”lari uchun qo‘yilayotgan yangi belgilar yo‘llarda smartfondan bosh ko‘tara olmaydiganlarni hushyorlikka chorlaydi.

Belgilardan ba’zilar piyodalar yo‘lagi yonidagi yo‘l chiroqlari, boshqalari esa yo‘lovchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylarga ilib chiqilmoqda.

Bir fursat avval ikki shvedsiyalik rassom ham shahar bo‘ylab yo‘lda smartfondan foydalanishning xunuk oqibatlari aks etgan suratlarni ilib chiqish taklifi bilan chiqishgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.