Seuldan olib kelingan yuzga yaqin qurilma nega O‘zbekistonga o‘tkazilmadi?

Seuldan olib kelingan yuzga yaqin qurilma nega O‘zbekistonga o‘tkazilmadi?

Bojxonachilar tomonidan tovar-moddiy boyliklarni bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqarolar I.A. va O.A.lar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxslarning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan  va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan umumiy qiymati 37 million so‘mlik 150 dona sifati kafolatlanmagan ayollar kosmetika vositalari, 600 dona avtomashina yoritgichlari, 68 dona qo‘l telefoni, 7 dona planshet va 17 dona noutbuk va boshqa tovarlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan 3,8 mlrd so‘mlik televizorlar ushlandi: 9 ming dollarlik «taklif» ham o‘tmadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!