Sevimli filmlar, seriallar, multfilmlar va yulduzlarning konsertlari endi Beeline TVda!

Sevimli filmlar, seriallar, multfilmlar va yulduzlarning konsertlari endi Beeline TVda!

Beeline Uzbekistan Sharqiy Yevropa va MDH hududidagi eng yirik xalqaro video xizmati MEGAGOdan raqobatdosh narxlarda sifatli kontentni taqdim etadi.

MEGAGO obunasida foydalanuvchilar uchun 8000dan ziyod filmlar, konsertlar, multfilmar va seriallar mavjud.

Mahsulotda yangi obunaning boshlanishi haqida izoh berar ekan, Beeline Uzbekistan‘ning raqamli mahsulotlari bo‘yicha direktori G‘ayrat Maxkamov shunday dedi:

«Beeline TV yangi avlod mahsuloti sifatida yaratilgan, unda har bir abonentimiz o‘ziga yoqadigan narsalarini topishi mumkin. Qisqa vaqt ichida biz milliy kentent doirasini jiddiy ravishda kengaytirdik, Rossiyadagi onlayn-kinoteatrlar bozori yetakchilari bilan hamkorlikdamiz  va aprel-may oylarida «Taxtlar o‘yini» finalini tomosha qilish bo‘yicha juda yaxshi raqamlarga yetdik.

Endi o‘zining noyob kutubxonasiga ega bo‘lgan yangi MEGAGO hamkorimiz tufayli, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Beeline TV MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi qonuniy telekom-kinoteatrlar kompaniyasida».

“Loyihani Beeline Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirish bozorning madaniyatli ko‘rinishga tayyor ekanligining va kontent ayniqsa shunchalik ko‘p bo‘lganda qonuniy bo‘lishi kerakligini tushunish belgisidir. Telekom bozorining munosib va kuchli o‘yinchisi bizning hamkorimizga aylanganidan mamnunmiz”, - dedi Nurlan Chukubayev, Markaziy Osiyodagi MEGAGO boshlig‘i.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!