Shaharlar samodan yoritiladi: Xitoyda «sun’iy Oy» yaratilmoqda

  •   Saroy
  •  1221
  •  19.10.2018 14:46

Shaharlar samodan yoritiladi: Xitoyda «sun’iy Oy» yaratilmoqda

Xitoy hukumati “Yerni yoritadigan yo‘ldosh”ni ishga tushirish bo‘yicha rejasini ma’lum qildi.  2020 yilda ishga tushirilishi mo‘ljallangan «suniy Oy» haqiqiy Oydan sakkiz barobar yorug‘roq bo‘lib, tunda atrofni yoritib turadi.

Bunday yo‘ldosh Yer yuzasidagi diometri 10 dan 80 kilometrgacha bo‘lgan hududni yorita oladi. Yoritiladigan hududni bir necha kilometr aniqlikda belgilash mumkin. Sun’iy yo‘ldoshdan tunda Oyga qo‘shimcha sifatida foydalansa bo‘ladi.  Ixtirochilarning ta’kidlashicha, uning yorug‘i ko‘cha chirog‘lari o‘rnini bemalol bosadi. 

Avval boshda, «Sun’iy Oy»ni ishga tushirish rejasi haqidagi yangilikni Xitoy   aerokosmik ilmiy-texnika korporatsiyasi vakili ma’lum qilgandi. Shunday yoritish yo‘ldoshini hech bo‘lmaganda, Chendu shahri osmoniga o‘rnatish rejalashtirilmoqda, deyiladi mazkur xabarda.

O‘QING:Xitoy orbitaga “Yaogan-29” sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!