Shamol va zilziladan qo‘rqmaydigan uy

Shamol va zilziladan qo‘rqmaydigan uy

Geodezik gumbazlar ilk marta  o‘tgan asrda Bakminster Fyuller tomonidan ommalashtirilgan uy turlaridir. Bugungi kunda Ruminiyaning Biodomes kompaniyasi qattiq shamol va zilzilaga chidamli mana shunday gumbazli uylarni tayyorlashga ixtisoslashgan sanoqli kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Uy metall konstruksiya va bir necha qavatli shishadan yasaladi. Firma bunday uylarning 20 dan ortiq maketini sotuvga chiqargan. Eng qizig‘i, uylarning tayyor jihozlangan variantlari ham mavjud. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, geodezik gumbazli uylar Rixter shkalasi bo‘yicha 8,5 balli zilzila va soatiga 320 km tezlikdagi shamollarga dosh bera oladi.

biodome-10

Firma yaratgan eng kichik uy 6 metr kvadrat maydonga ega. Gumbazdagi texnologiyalar quyosh nurlaridan himoya qiladi. New Atlas nashrida yozilishicha, bunday himoyali uylarning narxi kvatrat metriga 1000 yevroni tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchi uylarni Yevropa bo‘ylab yetkazib berishi ham mumkin.