Shanhayda “Yilning eng yaxshi smartfoni” taqdirlandi

Shanhayda “Yilning eng yaxshi smartfoni” taqdirlandi

Shu kunlarda Xitoyda Shanhay Jahon mobil kongressi, aniqrog‘i Mobil Osiyo Ekspo tadbiri davom etmoqda. Anjuman chog‘ida Samsung Galaxy S8 hamda Galaxy S8 Plus davrimizning eng yaxshi smartfoni mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Aytish joizki, bu — Galaxy S8’ning joriy haftadagi yagona mukofoti emas. Galaxy S8 hamda Galaxy S8 Plus yaqindagina UL Environment xalqaro tashkiloti atrofga-muhitga zararsiz va xavfsiz qurilma sifatida e’tirof etildi va bu borada guvohnomaga ega bo‘lgan jahondagi birinchi smartfon bo‘ldi.

Shuningdek, koreyalik ilg‘or flagmanlar Xalqaro Kann kinofestivalida kreativ innovatsion ishlanma sifatida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Galaxy S8 to‘liq shishadan iborat old paneli bilan o‘ziga xos va ayni paytda smartfonlar orasida “behadlik ramzi”ga aylangan. Ularning displeylari ekranni o‘rab olgan o‘ta yupqa romga bukik dizaynda biriktirilgan.

Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus flagmanlarining ichki platformasi bir xil. Ulardagi yagona farq — Galaxy S8 Plus diagonali yirikroq. Galaxy S8 flagmanida 5.8 dyuymli QHD+ displey o‘rnatilgan bo‘lsa, ‘Plus’ talqini 6.2 dyuymli QHD+ ekran paneli bilan o‘ziga xos.

Har ikkala devays 4 gigabaytli tezkor xotiraga ega. Xitoyda Galaxy S8 Plus’ning 6 gigabaytli talqini ham sotuvga chiqarilgan. Smartfonlarga gegografik hududiga qarab Snapdragon 835 (asosan AQSh) hamda Exynos 8895 protsessorlari o‘rnatilgan. Har ikkala chip samaradorlikda hozircha jahonda yetakchi.

“Bayroqdor”lar Android Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Gadjetlarda 12 megapikselli bir ob’yektivli bosh hamda 8 megapikselli old kamera mavjud.