Sharp dunyodagi birinchi 8K formatli monitorni namoyish qildi

Sharp dunyodagi birinchi 8K formatli monitorni namoyish qildi

Yaponiyaning Sharp kompaniyasi CEATEC Japan 2016 ko‘rgazmasida 7680x4320 piksel aniqligidagi (8K) 27-dyuymli monitorni taqdim qildi. Monitor ekranining bir dyuym maydonida 321 ta piksel joylashgan. Ushbu ko‘rsatkich smartfon ekranlaridagi aniqlikka ancha yaqin bo‘lib, yorug‘lik kuchi 1000 nitni tashkil etadi.  Shuningdek, monitorda tasvir sifatini kuchaytiradigan HDR funksiyasi ham qo‘llab-quvvatlanadi.

5P3RtLIfuer4GkB7sHBs3AnI2iQeDg

Mspoweruser nashrining ma’lumot berishicha,  Igzo nomli yuqori aniqlikdagi mazkur monitor ayni vaqtda prototip bosqichida, uning sotuvga chiqish sanasi ham hali ma’lum qilinmagan.

Innovatsion monitor to‘liq funksional rejimda bo‘lishiga qaramay, uning korpusi odatdagidan qalinroq. Taxmin qilinishicha, Sharp uni sotuvga chiqarishdan avval monitor dizaynini yanada optimallashtirishi mumkin.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!