Sharp kompaniyasi sakkiz yadroli Aquos Xx3 mini modelini taqdim qildi

Sharp kompaniyasi sakkiz yadroli Aquos Xx3 mini modelini taqdim qildi

Yaponiyaning Sharp kompaniyasi smartfon sanoatiga jadal sur’atlar bilan kirib kelishga qat’iy qaror qilgan ko‘rinadi. Yaqin orada u hatto innovatsion ramkasiz smartfon prototipini namoyish qilishga ulgurgandi.

Bu gal kompaniya  Aquos seriyasidagi Android 7.0 Nougat versiyasida ishlaydigan Aquos Xx3 mini modelini taqdim etdi.

Gadjetga sakkiz yadroli 1,5 GGs chastotada ishlaydigan Snapdragon 617 protsessori o‘rnatilgan, 3 GB tezkor va 16 GB doimiy xotiraga ega. Aquos Xx3 mini 21 MPli asosiy va 8 MPli old kamera bilan ta’minlangan. Wi-Fi a/b/g/n/ac, GPS va Bluetooth 4.2 modullarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Modelga Full HD formatidagi 4.7-dyuymli  IGZO-displey o‘rnatilgan. Dyuymdagi piksellar sig‘imi – 469 ppi. Smartfon 2400 mA/st sig‘imidagi batareyadan quvvatlanadi.Shuningdek, unda 4G va NFC funksiyalari ham ko‘zda tutilgan.

Aquos Xx3 mini 2017 yilning fevralida sotuvga chiqariladi. Narxi haqida ma’lumot berilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!