Sharp sun’iy aqlga ega gapiradigan telefonni sotuvga chiqardi

Sharp sun’iy aqlga ega gapiradigan telefonni sotuvga chiqardi

Yaponiyaning Sharp kompaniyasi bozorga sun’iy aqlga ega gapira oladigan telefon robot chiqardi. Qurilmaning balandligi 19,5 sm, og‘irligi esa 390 gramm bo‘lib, ovoz yordamida boshqariladi.

U suhbat davomida o‘z xo‘jayinining afzalliklari va odatlarini o‘rganib boradi va mos ravishda javob qaytaradi. Masalan, telefon-robot ob-havo, teledasturlarni o‘zi aniqlashtirib, aytib berishi, ishdagi hamkasb qo‘ng‘iroq qilayotganidan xabar berishi, mustaqil ravishda keraksiz qo‘ng‘iroqlarni qabul qilmasligi va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishi mumkin.

Manba: Kun.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!