Shavkat Mirziyoyev Artel zavodiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Artel zavodiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni Yashnobod tumaniga tashrifi davomida Artel zavodida bo‘ldi, deb yozmoqda Sof.uz.

Bugungi kunda Artel brendi ostida muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, konditsioner, mikroto‘lqinli pech, chang yutgich, qo‘l telefoni kabi eng so‘nggi rusumdagi maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Mahsulotlar turi, sifati va ishchi o‘rinlari bilan qiziqdi.

Shu yerda Artel brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev ko‘rgazma bilan tanishib, mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!