Shavkat Mirziyoyevning yangi veb-sayti ishga tushdi

Shavkat Mirziyoyevning yangi veb-sayti ishga tushdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy saytining yangilangan versiyasi ishga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Facebook’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi, deb yozadi Sof.uz.

Saytning bundan oldingi versiyasi 2000 yillardan beri ishlab kelayotgan edi.

President.uz saytidan yangiliklar, qarorlar, Prezident farmonlari, shuningdek, mediateka ham joy olgan. Veb-sayt o‘zbek, rus va ingliz tilida faoliyat yuritadi. Yangi sayt zaruriy barcha sertifikatlashlardan o‘tgan va xakerlik hujumlaridan ishonchli himoyalangan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!