Shavkat Umurzoqov: 2019 yilda mashinani telefon orqali sotib olish mumkin bo‘ladi

Shavkat Umurzoqov: 2019 yilda mashinani telefon orqali sotib olish mumkin bo‘ladi

“O‘zavtosanoat” rahbari Shavkat Umurzoqov O‘zbekistonda avtosanoatning rivojlanishi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi

Xalqaro press-klubning savollariga javob berar ekan, bozorni tadqiq qilish va menejmentni rivojlantirish ishlari davom etayotganini, ammo talab borasidagi holat aniq-ravshan bo‘lganini aytdi.

“...Bizda avtomobil sotish tizimi rivojlanmoqda, Xudo xohlasa, 2019 yilga borib mashinani telefon orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi va to‘la baki bilan to‘g‘ri uyingizga eltib beriladi”, dedi “O‘zavtosanoat” rahbari.

Shuningdek, u hozir qishloq joylarida bozorni o‘rganilayotgani va shunday bozor uchun qancha miqdorda avtomobil zarurligi hisoblanayotganini bildirdi.

“Buning uchun bizga qandaydir kanadalik mutaxassis zarur emas, bu ish yo‘lga qo‘yilgan”, dedi Umurzoqov.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!