“Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi  muhokama qilindi

“Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi  muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar davrida fuqarolarning asosiy huquqlarini qo‘shimcha mustahkamlashga qaratilgan qonun kerak. 25 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ana shunday muhim masala ko‘rildi. Majlisda “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi  muhokama qilindi. Qonun fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlari ustidan nazorat qilish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratishga yordam berishi aytilmoqda. 

Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlari tizimi soddalashtiriladi hamda qayerda qayta ishlanishidan qat’i nazar, fuqarolar ma’lumotlari himoyasini ta’minlash kafolatlanadi. Fuqarolarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, ularning shaxsiy hayoti daxlsizligi bo‘yicha huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olishga ko‘maklashadi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, ushbu qonun O‘zbekiston tarixida insonning shaxsiy hayot daxlsizligini muhofazalash borasida yangi bosqichni boshlab beradi.

O‘QING: Endi Uzcard'ni bankomatlar orqali naqd pul mablag‘lari bilan to‘ldirish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!