Shimoliy Qutb doirasida Galaxy S20+ o‘z kuchini ko‘rsatdi (+video)

Shimoliy Qutb doirasida Galaxy S20+ o‘z kuchini ko‘rsatdi (+video)

Christou Visuals jamoasi Shimoliy qutbdagi Lofoten arxipelagiga borib, Samsung Galaxy S20+ flagmanining 8K video olish imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S20 oilasi smartfonlar orasida birinchi bo‘lib 8K video olish imkoniga ega ilk qurilmalardir.

Videoni tasvirga tushirishda smartfonning tizim Kamera ilovasidan foydalanilgan, biroq ba’zi kadrlarni muhrlashda stabilizator moslamadan foydalanilgan. Fon musiqasi ham postanovka ishlarida qo‘shilgan.

Lofoten aholi istiqomat qiluvchi eng shimoliy mintaqalardan bo‘lib, Artika doirasining 169 kilometr ichkarisida, Shimoliy Qutbdan esa 2 420 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu go‘zal hududning maftunkor tabiatidan to‘liq bahramand bo‘lish uchun 8K televizorimiz yo‘qligi chatoq bo‘ldi-da...

O‘QING: «Jonli» test videosi: 16 GB «operativka»li Galaxy S20 Ultra kuchlimi, yoki atigi 4 GBlik iPhone 11 Pro Max?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!