Shohrux reper «My.gov.uz» haqida qo‘shiq kuyladi

Shohrux reper «My.gov.uz» haqida qo‘shiq kuyladi

Taniqli reper Shohrux Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — «My.gov.uz» haqida 32 soniya davom etadigan qo‘shiq kuyladi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi — «Egov.uz»ning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

Qo‘shiq o‘zbek va rus tillarida kuylangan. Shohrux tomonidan uning «Xato» nomli qo‘shig‘i musiqasi ostida kuylangan kompozitsiyaning o‘zbekchasi quyidagi so‘zlardan iborat (qo‘shiqni bu yerda eshitish mumkin):

Teraman My.gov.uz,
Shart emas ko‘rishmoq yuzma-yuz.
Hayotingni osonlashtir,
365 kun — bahor, yoz, kuz.
Endi muammolaringni hal qil
Ikki baravar tezroq,
Ter — My.gov.uz.

«Egov.uz»ning Facebook’dagi sahifasida qayd etilishicha, mazkur qo‘shiq «My.gov.uz» haqidagi rolikda foydalaniladi.

Manba: Daryo.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!