Shoshilinch xushxabar: Telegram’da O‘zbekiston uchun ham ovozli qo‘ng‘iroqlar ishga tushdi!

  •   DiMaX
  •  3463
  •  31.03.2017 09:15

Shoshilinch xushxabar: Telegram’da O‘zbekiston uchun ham ovozli qo‘ng‘iroqlar ishga tushdi!

Ha, nihoyat, ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lib qolgan ushbu messenjerda ovozli qo‘ng‘iroq qilish funksiyasi ishga tushdi.

Ayni damda bu funksiya faqat Yevropa uchun amal qiladi, degan xabarlar bor. Ammo biz saytimizning Android tizimli qurilmalardan foydalanuvchi muxlislariga O‘zbekistonda ham Telegram orqali qo‘ng‘iroqlashish yo‘lini o‘rgatamiz!

Buning uchun, aynan shu ko‘rsatilgan ketma-ketlikda quyidagilarni bajarishingiz lozim:

  1. Google Play marketidan ushbu ilovaning oxirgi versiyasini mana bu yerdan yuklab olib, devaysingizga o‘rnating (ya’ni, ilovani yangilang).
  2. Telegram’ni yangilaganingizdan keyingina, ovozli qo‘ng‘iroq funksiyasini ishga tushirish bo‘yicha maslahat olish uchun Telegram’dagi @ghost_stranger profili orqali bizning menejerimizga yozing.

Eslatib o‘tamiz: bu – bot yoki kanal emas, balki jonli odam, unga /start yoki shu kabi boshqa buyruqlar yuborish kerak emas, balki oddiy odamdek salom berish kifoya. Qolganini menejerimizga qo‘yib bering – u o‘z ishini yaxshi biladi!

Mazkur xushxabarni do‘stlaringizga ham ulashing!

Sizga omad tilagan holda, Terabayt.uz sayti jamoasi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!