«Siniy kit» 7 sinf o‘quvchisiga dahshatli topshiriq berdi

«Siniy kit» 7 sinf o‘quvchisiga dahshatli topshiriq berdi

Moskvalik ichki ishlar xodimlari tomonidan «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan tezkor tekshiruvlar natijasida, “ko‘k kit” nomi ostidagi suiqasd guruhlaridan birida 13 yoshli maktab o‘quvchisiga o‘z onasining joniga qasd qilish topshirig‘i berilgani aniqlandi. Bu to‘g‘rida 20 mart kuni «Moskva» shahar yangiliklari agentligi shahar politsiya mahkamasiga tayanib xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, poytaxtlik bir ayol politsiyaga murojaat qilib, o‘g‘lining «Siniy kit» nomli suiqasd guruhidagi yozishmalarini o‘qiganini aytgan. Topshiriqlar orasida guruh kuratori uning o‘g‘liga ayolni maydalab tashlashi to‘g‘risida topshiriq bergan. Shuningdek, fevral oyi boshlarida ayol o‘g‘li o‘z qo‘lini tig‘da kesganiga guvoh bo‘lganini ham ma’lum qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, kimdir uy telefoniga betinim qo‘ng‘iroq qiladi va go‘shakni ko‘targanida odatda sukut saqlaydi.

Yangiliklar agentligiga ko‘ra, fevraldan boshlab shaharda «VKontakte»dagi maktab o‘quvchilarini o‘limga da’vat qiluvchi “ko‘k kit”larni tutishga qarshi ommaviy kurash amalga oshirilmoqda.

Bunday guruhlar to‘g‘risida batafsil quyidagi maqolada o‘qing:

Ehtiyot bo‘ling! «O‘lim guruhlari» Toshkentgacha yetib keldi!