Sir saqlashga hojat yo‘q: Galaxy S9'ning matbuot-suratlari tarqaldi

Sir saqlashga hojat yo‘q: Galaxy S9'ning matbuot-suratlari tarqaldi

Bir necha kun avval Samsung kompaniyasi Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ flagman smartfonlarining taqdimoti shu yilning 25 fevralida — Ispaniyada o‘tadigan MWC 2018 xalqaro mobil anjumanida bo‘lishini rasman e’lon qilgan edi. Kecha esa tinib-tinchimas insayderlar kompaniya vakillari taqdim etgan va flagmanlar aks etgan ilk sifatli va ishonchli press-suratlarni e’lon qilishdi.

Telefon apparati aks etgan suratlarda Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ smartfonlari yonma-yon turishibdi. Ularning o‘lchamlarini bemalol taqqoslab ko‘rish mumkin. Faqat old paneldan ko‘rinib turgan devayslar Infinity Display ekranga bo‘lgan. Old panel yuqorisida esa bir nechta datchiklar mavjud.

Manbalar har ikkala smartfonga xos jihatlarni ham e’lon qilishgan. Unga ko‘ra, gadjetlar Qualcomm Snapdragon 845 yoki firmaning Samsung Exynos 9 chipiga ega bo‘ladi. Ularning har ikkalasi 8 yadroli va teng salohiyatli.

Galaxy S9 modeli 5,8-dyuymli Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli) ekran, 12 megapikselli, Dual Pixel texnologiyasiga ega bosh kamera, 4 Gbayt operativ xotira, 64 Gbayt sig‘imli va UFS 2.1 standartli flesh-modul, tok sig‘imi 3000 mA·soat akkumulyatorga ega bo‘lgan.

Galaxy S9+ apparati 6,2 dyuymli, Quad HD+ sig‘imli displeyem, 12 megapikselli qo‘sh sensorli bosh kamera, 6 Gbayt tezkor va 128 Gbayt doimiy xotiraga, 3500 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lgan.



Telefon apparatlarining qolgan jihatlari bir xil: 8 megapikselli old kamera, stereodinamiklar, Wi-Fi 802.11ac (2,4/5 GGs) hamda Bluetooth 5 LE adapterlari, microSD bo‘lmachasi, GPS/GLONASS modullari, USB 3.1 porti, NFC va MST modullari. Smartfonlar korpusi chang va suvdan himoyalangan.

Sensorlar qatorida esa quyidagilarni ko‘rish mumkin: akselerometr, giroskop, magnitometr, barometr, barmoq izi skaneri, qon bosimi datchigi, oraliq-masofa datchigi, yorug‘lik datchigi, yurak urishini o‘lchaydigan sensor, ko‘z rangdor pardasini skaner qiluvchi datchik. Flagmanlar Android 8.0 (Oreo) operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatishadi.