Skotch qachon ixtiro qilingan va nega unday ataladi?

  •   Saroy
  •  2126
  •  10.09.2018 12:06

Skotch qachon ixtiro qilingan va nega unday ataladi?

Hozirda, kundalik turmushimizda  eng ommalashgan matoh – skotch qachon paydo bo‘lganini bilasizmi? U ilk bor 1930 yil sentyabr oyida Minnesota Mining and Manufacturing kompaniyasiga endigina ishga kirgan yosh xodim Richard Dryu tomonidan ixtiro qilingandi. O‘sha vaqtda kompaniya qumqog‘oz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanar hamda turli sohada tadqiqot olib borardi. Suv o‘tkazmaydigan materiallar ustida ish olib borilar, ayniqsa, sellofan ustida eksperimentlar o‘tkazilar edi. Richard laboratoriya texnigi bo‘lib ishlar va qumqog‘ozni do‘konlarda hamda avtoservislarda sinov jarayonlarini kuzatib borardi. O‘sha joyda u bir necha rangda liniyani bo‘yashda unchalik  tekis chiqmaganini ko‘radi. Dryu ushbu muammoni bir yil o‘tgach hal etdi va eni 5 santimetr bo‘lgan yopishqoq tasmani olib keldi. Ish vaqtida tasma buklanib ajin tushganday bo‘lib qoldi, chunki Richard tejamkirlik qilaman deb tasmaning faqat chekkasiga yelim surtgandi.

O‘shanda usta Dryuga kinoya qilib, bu tasmani yanada yopishqoq qilish uchun o‘zining shotlandiyalik xo‘jayinlariga jo‘natish lozimligini aytadi (Scotch bosses).  O‘sha vaqtlarda shotlandiyaliklar juda xasis, hisoblanardi, natijada XX asrning eng zarur mahsuloti Skotch, degan nom bilan ataladigan bo‘ldi.  Richard Dryu 5 yil mobaynida tasmani takomillashtirish bilan shug‘ullandi va 1930 yilga kelib yangi mahsulotning ilk o‘rami mijozga jo‘natildi. Dastlab skotch ovqatni o‘rashda ishlatilardi, keyinchalik undan foydalanishning turli usullari o‘ylab topildi. Bugungi kunda ushbu kompaniya  900 nomdagi Scotch tasmalarini ishlab chiqaradi. Tasma sanoatning ko‘plab tarmoqlarida ishlatilmoqda, jumladan: avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish va albatta, moishiy hayotimizda qadoqlash materiali sifatida keng foydalanilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.