Skype Pol Makkartnining maxsus audiomodzilari bilan boyidi

Skype Pol Makkartnining maxsus audiomodzilari bilan boyidi

Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon musiqa olamining afsonaviy guruhi The Beatles  a’zosi ser Pol Makkartni Skype bilan hamkorlik boshladi va uning doirasida qisqa metrajli kliplar uchun “modzi” kuylar yozdi va u bu jarayon tasvirlangan videoni YouTube`dagi kanaliga joylashtirdi.

Aytish joizki, Skype xizmati yaqinda ana shunday o‘z modzilarini foydalanuvchilarga havola etgandi. Makkartnining o‘ziga xos “sovg‘asi” esa mazkur loyihaning yanada qiziqarli bo‘lishiga zamin yaratdi.

Makkartni hamkorlikka asosan modzilar uchun bir necha maxsus kuy va ovozlar yozgan. Skype`ning dizaynerlar jamoasi esa ularga mos suratlar ishlagan. Modzilarning umumiy soni 10 ta. Ulardan iOS, Android va Windows platformasi asosida ishlovchi barcha qurilmalarda foydalanish mumkin.

Modzilar haqida ma’lumot: Modzi (ingl. mojis) – bu smaylik, stiker va emodzilarning aralash varianti bo‘lib, undan Skype`dagi muloqot chog‘ida foydalaniladi. Mazkur qisqa hajmli animatsion klipni do‘stlaringizga ham yuborishingiz mumkin.