Smartfon olamidagi eng bozorgir modellar e’lon qilindi

Smartfon olamidagi eng bozorgir modellar e’lon qilindi

Marketing va savdo tahlillari bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar odatda muayyan u yoki bu kompaniyaning bozordagi o‘rni xususida o‘rganishlar olib borganida sotilgan smartfonlarning umumiy miqdoriga asosiy e’tiborni qaratadi. Counterpoint marketing kompaniyasi tahlilchilari kuni kecha oktyabr oyi holatida jahonda yaxshi sotilgan smartfonlarning modellarini e’lon qildilar.

Unga ko‘ra, iPhone 8 jahon smartfon bozorida eng yaxshi sotilayotgan smartfon modeli bo‘lib chiqdi. Uning bir oy mobaynida smartfon bozorida sotilgan gadjetlardagi ulushi 4,6% ni tashkil qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni 4 foiz ulush bilan iPhone 8 Plus egallagan.

Samsung Galaxy Note 8 esa 2,4% ulush bilan uchinchi o‘ringa munosib topilgan. 4-o‘rin Samsung Galaxy S8+ (1,5%) flagmaniga, beshinchi o‘rin iPhone 6 (1,2%) ga nasib qilgan.

iPhone 7 (1,2%) "kuchli oltilik"ka kirgan bo‘lsa, 8-o‘rinda Vivo X20 (1,2%) modeli turibdi. Sakkizinchi o‘ringa Samsung Galaxy S8 (1,2%), to‘qqizinchi o‘rin Xiaomi Redmi Note 4 (1,1%) munosib ko‘rilgan. Oppo R11 esa 1,1% ulush bilan "eng yaxshi o‘ntalik"ni yakunlab bergan.

Ko‘rinib turibdiki, Apple mahsulotlariga qiziqish birmuncha yuqori bo‘lsa, Samsung smartfonlariga qiziqish 2 barobar past. Gap shundaki. so‘nggi yillarda koreyalik flagmanlariga qo‘ygan narx "Olma"nikiga tenglashgan. Natijada, xaridorlar Apple flagmanlariga diqqat qilishmoqda. Hozircha kompaniya iPhone X savdosiga oid statistikani taqdim qilmagan.

Tahlillar foydalanuvchilar bu yilgi Samsung Galaxy S8 flagmanidan ko‘ra, iPhone 6 hamda iPhone 7 flagmanini ma’qul ko‘rishlarini ko‘rsatmoqda. Bu esa Apple hanuz xaridorlar o‘rtasida nufuzini yo‘qotmaganidan dalolat beradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!