Smartfon sotib olmoqchisiz, lekin xato qilishdan qo‘rqasiz

  •   Saroy
  •  1799
  •  08.10.2018 17:22

Smartfon sotib olmoqchisiz, lekin xato qilishdan qo‘rqasiz

Barcha telefonlar bir-biriga o‘xshaydi, ammo yangisini xarid qilish har gal azobga aylanadi. Shunga qaramay, smartfon sotib olishga qaror qildingizmi,  avval moliyaviy imkoniyatingizni e’tiborga oling.

Xo‘sh, qanday smartfon xarid qilsam ekan, deb o‘ylab qoldingizmi, demak u aniq ayfon emas. Chunki u bilan ish juda oddiy: pul bo‘lsa bo‘ldi, do‘konga borasizu,  eng so‘nggi modelni sotib olaverasiz, yetmaydimi olmaysiz..

Apple telefon emas, orzu sotadi. Ha buni u zo‘r uddalaydi, ammo boshqa ishlab chiqaruvchilar ham undan qolishayotgani yo‘q. Reklamalar esa xaridorlarni har doim yangisi zo‘r ekaniga ishontirishga harakat qiladi. Agar pulingiz yetsa, albatta yangi va qimmat flagman haqida o‘ylab ko‘rsangiz bo‘ladi, faqat xarid oldidan devays haqidagi barcha ma’lumotlarni internet orqali bilib olishingiz lozim.

Smartfon haqida foydalanuvchilarning fikrini albatta o‘qing. Chunki, to‘rtta kamera bor degani bilan, qurilma zo‘r bo‘lib qolmaydi. Ehtimol yangi qurilmaning yagona yangiligi ham shu kameralar  bo‘lib chiqar, qolgani esa o‘sha-o‘sha eskicha qolishi ham mumkin.

Agar niyatingiz  shunchaki, kundalik hayotingizda asqotadigan yaxshi gadjetga ega bo‘lish bo‘lsa – bu boshqa masala. Aksariyat kishilar e’tiborini birinchi navbatda iPhone, Samsung, Xiaomi’ning oxirgi flagman modellariga qaratadi, xolbuki ozgina eskirgan qurilmalar ham yomon emas. Ammo mashhur brend uchun ortiqcha pul to‘lash shartmikan? Zero, hozirda barcha smartfonlar ham yuqori ish unumdorligiga ega protsessorlar bilan jihozlangan.

Smartfonni qo‘lga olib ko‘ring

Zamonaviy telefonlar bir-biriga shu qadar o‘xshashki, masalan  iPhone Xs’ni Xitoyning arzon apparatidan ajrata olmaysiz. Smartfon sizga to‘g‘ri keladimi o‘zi, buni bilish uchun ham apparatni kaftingizga olib, ushlab ko‘ring. O‘sha shishali korpus quyosh nurida qanchalik tovlanmasin yoki dizayndagi turli yangiliklar sizga yoqmasin, u qo‘lda  ushlab qo‘rganingizdan keyin yoqmay qolishi mumkin. Barmoq izlari yordamida blokdan yechish funksiyalariga albatta e’tibor bering.

Agar, siz telefonni bir qo‘lda ishlatib o‘rgangan bo‘lsangiz, katta barmog‘ingizni ekranning pastki burchagidan diagonal bo‘yicha yuqori burchagiga yurgizib ko‘ring. Yaxshi smartfonning ekran diagonali qo‘lga to‘g‘ri kelishi va ushlaganda noqulaylik tug‘dirmasligi kerak.

Ekran diagonali 5.5 dyuymdan kichik bo‘lgan smartfon qo‘li uncha katta bo‘lmagan va apparatni bir qo‘lda ishlatib o‘rganib qolgan foydalanuvchilarga to‘g‘ri keladi. Katta  diagonal esa video ko‘rmoqchi yoki o‘yin o‘ynamoqchi bo‘lganlar uchun mosdir.

Endi ekran sifati haqida ikki og‘iz so‘z. E’tiborni har bir dyumga to‘g‘ri keladigan  piksel soniga qarating (PPI). Ko‘zga 400  PPI bo‘lgan ekranlar yoqadi.

4K formatlisi yaxshi tuyulishi mumkin, lekin unchalik ham shart emas. E’tiborni yorqinlikka va yorug‘likning sifatiga qarating. Faol matritsali AMOLED displeyi LCD’ni ortda qoldiradi. Ushbu parametrlar format uchun emas, balki ko‘zingizga kartinalarning chiroyli ko‘rinishi uchun muhim.

Akkumulyator sig‘imiga qarang

«Kim uchundir smartfonning uzoq ishlashi yoqadi, undaylarga e’tiborni batareyaning mA/ch sig‘imiga qaratish talab etiladi. Eng qulayi — 3000 mA».

2000 mA bo‘lgan batareyalar faol ishlagan paytida o‘rtacha bir sutkaga yetadi.

Darovqe, agar smartfonlarning qimmat modellarida sig‘im oz bo‘lsa, bundan qo‘rqish kerak emas. Ular softning a’lo darajadagi optimizatsiyasi evaziga vazifalarni bajarish uchun boshqa smartfonlarga qaraganda oz vaqt sarflaydi. Lekin takrorlaymiz, bu asosan lyuks devayslar uchun, ayniqsa  iOS operatsion tizimda ishlaydiganlari bilan.

Operatsion tizim va tezkorligini tekshiramiz

Smartfonlar chiroyliligi va rangi bilan unchalik farq qilmaydi, lekin ularning  operatsion tizimida gap ko‘p. iOS bilan ishlaydigan ayfonlar injiq emas va barqaror ishlaydi. Android esa o‘ziga ko‘proq e’tibor talab qiladi, ammo personallashtirish tomonidan ko‘proq erkinlik beradi.

Qurilmaning ish unumdorligi zaruriy miqdorda bo‘lish uchun uning tezkor xotirasi  3-4 GB bo‘lishi kerak va protsessori ham to‘rtyadroli bo‘lsa yanayam yaxshi.

Kamera — eng asosiysi (aslida unchalik emas)

16 Mp bo‘lgan ichki fotokamera va 5 Mp bo‘lgan old kamerali smartfon yaxshi rasm olish uchun yetarli hisoblanadi. Shuningdek diafragmalar ko‘rsatkichiga ham e’tibor qarating.

«Ko‘pchillik fotograflar murakkab va qimmat apparatlarini yengil va qulay smartfonlarga almashtirmoqda. Ayrim rejissyorlar esa hatto kinokartinalarini iPhone’da suratga olishga ulgurishdi.  

Yana nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Yana o‘sha gap: siz telefonni nega sotib olmoqchisiz, avval shu savolga javob topishingiz kerak. Qurilmangiz qanday funksiyani bajarishi shunga bog‘liq.

Hatto Apple ham ikkitalik sim karta texnologiyasiga o‘tdi, shunday ekan yana bir bor o‘ylab ko‘ring, shunday smartfon sizga o‘zi asqotarmikan?  Qolaversa bozorda iPhone Xs’dan farqli ularoq, ikki sim kartali smartfonlar juda ko‘p, ammo narxi ham shunga yarasha.

NFC-chip orqali xaridlarni amalga oshirasiz (boshqa foydali vazifalar ham anchagina). Odatda bunday telefonlar qimmat turadi. Imkoniyatingizni baholang va smartfon sotib olganda bir yo‘la kerakli asessuarlarni ham sotib oling. Bular: plenka/himoya oynasi, g‘ilof, pauerbank va boshqalar.

Endi smartfon sotib olishga qat’iy qaror qildingizmi, u holda mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizga kiring. Hammasi shu yerda.

 

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!