Smartfon o‘g‘risi o‘g‘irlik joyida o‘z telefonini unutib qoldirdi

Smartfon o‘g‘risi o‘g‘irlik joyida o‘z telefonini unutib qoldirdi

Segodnya.ua nashrining yozishicha, Iyerusalim (Quddus) shahrida e’tiborsiz o‘g‘rini uning o‘g‘irlik joyida unutib qoldirgan shaxsiy telefoni orqali tutishga muvaffaq bo‘lishgan. Qizig‘i, o‘g‘ri, asosan, mobil telefonlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan.

NRG ma’lumotlari bo‘yicha o‘g‘ri shahar markazidagi xonadonga o‘g‘irlikka tushadi, uy egasining smartfonini tunaydi, biroq o‘z telefonini u yerda unutib qoldiradi.

O‘g‘ri xonadon egalarining uyga yaqinlashganini ko‘rgach, juftakni rostlashga tushgan. Ehtimol, u shoshganidan o‘zining telefonini olishni unutgan bo‘lsa kerak.

Xonadon egasi unutib qoldirilgan o‘g‘riga tegishli telefonni topib olgan va uning yordamida politsiya o‘g‘rining shaxsini aniqlagan. Natija esa barchaga ma’lum.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!