Smartfon va 3D-printer braziliyalik erkakning yuzini tiklashda yordam berdi

Smartfon va 3D-printer braziliyalik erkakning yuzini tiklashda yordam berdi

Braziliya fuqarosi Karlito Konseysanning yuzida 2008 yilda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, yuzning o‘simtali qismi, shuningdek, ko‘z va burunning bir qismi olib tashlangan. Garchi uning yuziga maxsus protez o‘rnatilgan bo‘lsa-da, u bemorga jiddiy noqulaylik tug‘dirardi. hi-tech.mail.ru saytining Journal of Otolaryngology — Head & Neck Surgery jurnaliga tayanib ma’lumot berishicha, ushbu muammoni oddiy smartfon va  3D-printer yordamida bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingan.

Tajriba muolajasi San-Paulu (Braziliya) shahrida Braziliya va AQSh shifokorlari tomonidan amalga oshirildi. Yuzning asosiy funksiyalarini bajarishga xizmat qiladigan an’anaviy protez juda qimmat turadi, buning ustiga uni tayyorlash uchun uzoq vaqt talab etiladi.

Без названия   Без названия (1)

Shifokorlar jarayonni tezlashtirish uchun 16 MPli smartfondan foydalanib, bemorning turli rakurslardan olingan 15 rasmini suratga tushirishadi, shundan keyin bepul Autodesk 123D Catch ilovasi orqali yuzning uch o‘lchamli modelini yaratishadi. Yuzning raqamli modeli tayyor bo‘lgach, u 3D-printer yordamida bosib chiqariladi.

Без названия (2)

Yana bir qiziq holat. Bosmadan chiqarilgan yuzga tabiiylik bag‘ishlash uchun ko‘ngilli rassomlar unga teri teksturasini chizadilar. Protez bemorning yuziga jarrohlik shtiftlaridagi magnitlar orqali o‘rnatiladi.

Protezni tayyorlash uchun taxminan 20 soat vaqt sarflangan, 3 yilgacha xizmat qilishi ma’lum qilingan. Konseysan muolajadan shu qadar mamnun bo‘lganki, o‘z aksini ko‘zguda ko‘rib yig‘lab yuborgan, deyiladi xabarda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!