Smartfonda ajabtovur, taassurotli surat olishning oddiy usullari

Smartfonda ajabtovur, taassurotli surat olishning oddiy usullari

Ijtimoiy tarmoqqa surat joylashtirgach, har zamonda unga ko‘z tashlab, qancha kishiga manzur bo‘lgani, qancha izoh qoldirilgani bilan qiziqamiz. Bunda suratning o‘ziga xosligi ham ahamiyatga ega. Ammo, kishini e’tiborini tortish uchun faqatgina Prisma kabi maxsus dastur-ilovalardan foydalanish shart emas. Tomoshabinni anqaytirib qo‘yadigan suratlarni qo‘lbola qurilma va usullar orqali ham olish mumkin. Mazkur materialda berilgan tavsiya hamda maxsus usullar sizga ajabtovur suratlar olish texnikasini o‘rgatadi. Sizdan esa qiziqarli g‘oya va ijodiy yondashuv talab etiladi.

Noan’anaviy panorama surat olish
Manzaraga klassik tus berish uchun smartfon kamerasidagi maxsus panorama rejimini yoqsak va bir joyda turib o‘z o‘qi atrofida aylanish kerak bo‘ldi.
Ammo ajabtovur panorama olishning boshqa yo‘li ham bor: harakatlanib turgan biror transport vositasining oynasidan turib surat olish. Shunda olingan surat an’anaviy doira shaklida emas, tekis ko‘rinishda bo‘ladi.
Aytish kerakki, yuqori harakat sabab ob’yektlar o‘rtasidagi mutanosiblik buzilishi mumkin, ammo bu surat sifatiga ta’sir qilmaydi va aksincha, ularning o‘ziga xos olinishiga hissa qo‘shadi.

Aytgancha, agar siz tez harakatlanayotgan transport oynasidan panorama rejimida video suratga olayotgan bo‘lsangiz, tasvir juda xira chiqadi. Bu jarayonda aniq-tiniq tasvir olish uchun sizga surat olish chastota tezligi sekundiga 120 ta kadr bo‘lgan smartfon kerak. Ana shunda siz olgan videopanorama «Matritsa»dagi kabi sekinlashtirilgan va qiziqarli ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar noodatiy usuldan foydalansangiz, bizga tanish bo‘lgan aylanma panoramada ham qiziqarli surat olsa bo‘ladi. Buning uchun yakuniy tasvirda ob’yektlarni takror suratga olish kerak. Panorama olishga uringan har bir kishi borki, u suratga olayotganida biror o‘tkinchi tasvirga bir necha bor muhrlanib qoladi. Odatda bu surat brak hisoblanadi.
Agarda bu holatga ijodiy yondashadigan bo‘lsak, bir suratda, ammo har joyda bir kishi yoki biror ob’yektning 3-4 marta aks etishi rasmga g‘alati kayfiyat bag‘ishlagan.
Eng muhimi, bu kabi suratni olishda shoshmang. Ayniqsa, avtomatik panorama rejimida s’yomka qilayotganda. Predmet yoki siz olayotgan kishi yangi joyga o‘tishga ulgurishi uchun smartfonni sekin va ravon harakatlantiring.
Shuningdek, taassurotli panorama suratlarini olishda Android 4.4 KitKat yoki undan keyingi operatsion tizimidagi smarfton egalari Google Camera ilovasini Play Store’dan yuklab olishlari mumkin.

Yorug‘lik orqali chizish
Bunday suratga olish usulini yana svetografika, laytpeynting (ingl. tilidan light painting — «yorug‘lik orqali surat chizish), frizlayt (ingl. tilidan freeze light — «yorug‘likning muzlashi») va boshqa. Bu barcha terminlar kamerani yorug‘lik manbaidan uzmagan holda bir fursat harakatlanib olingan suratlarni anglatadi. Hatto, hozir alohida shu usulda chizadigan san’at va rassomlar paydo bo‘lgan.
Ba’zi smartfonlarda maxsus ilova ushbu rejimda surat olish imkonini beradi. Agar sizning qo‘l telefoningizda bunday ilova bo‘lmasa, unda Long Exposure Camera 2 kabi dasturlar sizga yordam beradi. Shuningdek, Android foydalanuvchilari Nubia camera ilovasini, iOS foydalanuvchilari esa Magic Shutter ilovalarini yuklab olishlari mumkin.


Ammo bu rejimda tasvirga olish uchun sizga shtativ kerak bo‘ladi. Chunki smartfon bu jarayonda 30 Quyidagi shtativ va smarfton qisqichi orqali shtativ kombinatsiyasi bu sharoitda shtativ vazifasini bajaradi. Yoki smartfon barqaror turishi mumkin bo‘lgan biror boshqa ustunchadan ham foydalansangiz bo‘ladi.


Bu kabi suratlarda yorug‘lik manbai sifatida rangli chiroqlar, fonar yoki ekranlardan foydalanish mumkin. Smartfonni ushbu rejimga qo‘yib o‘zingiz fonar orqali biror shakl yoki suratni chizsangiz, smartfon buni yorug‘lik surati sifatida muhrlaydi.

Time lapse rejimi
Yana bir foto-ijodkorlikning ko‘rinish mavjud. U ham smartfonni shtativga o‘rnatishni talab qiladi. Uni “oraliq videotasvirga olish” desa bo‘ladi. Siz kun va tun almashayotgan soniyalar ichida kadrda katta tezlikda ketayotgan mashina aks etgan rolikni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.
Bir qator smartfonlarda bu video suratga olishning standart ilovasi sifatida taqdim etilgan. Agarda mazkur rejim sizda bo‘lmasa, unda Time Lapse Video Recorder ilovasini yuklab olib, o‘rnating.

Pinhol-kamera
Pinhol, ingliz tilidagi “pin hole”, ya’ni “to‘g‘nag‘ich tuynukchasi” deyish mumkin. Bu — aslida ob’yektivsiz kamerani anglatadi. Kichik karton bo‘lagini olib unda nina yoki uchli buyum bilan jajji tuynukcha hosil qiling. So‘ng mazkur tuynukchani kamera qarshisiga to‘g‘irlab kartonni smartfonga mahkamlang.

Shunda siz ajabtovur retro suratlar oluvchi pinhol-kameraga ega bo‘lasiz. Agar avvaliga suratlar yaxshi chiqmasa, tuynukchani kattalashtiring.

Suv ostida tasvirga olish
Suv ostida suratga olish uchun sizda suvga bardoshli korpus bilan ta’minlangan smartfon bo‘lishi shart emas. Buning uchun shaffof buyumdan, misol uchun shisha bonka yoki stakandan foydalanish ham mumkin.
Agar ancha chuqurlikda chinakam suvosti s’yomkalarini qilishga qiziqish bo‘lsa, unda maxsus aksessuar — suv o‘tkazmaydigan g‘ilofdan foydalanish mumkin. Ularning barcha telefonlarga mos keladigan xillari ham bor.

Audio garnituradan suratga olish tugmachasi sifatida foydalanish

Kichik bir texnik uquv, ya’ni simli audio quloqchinlardan suratga olish tugmachasi sifatida foydalanish mumkinligini hamma ham bilmasa kerak. Bu imkoniyat iOS qurilmalarda, shuningdek aksariyat Android smartfonlarda mavjud. Simli garnitura yordamida kamerani masofadan turib boshqarish mumkin. Buning uchun naushnik simini smartfonga ulab, kamerani ishga tushiring. So‘ngra garnituradagi ovozni boshqarish tugmasini bosib rasm suratga oling yoki video tasvirga olishni boshlang.
Ayniqsa, selfi-fotografiyalari uchun bu usul qo‘l keladi: smartfonni uzog‘roq joylashtirib rasmga olish mumkin. Ana shunda bo‘y-bast va rang-ro‘yni tasvirlash uchun kamerada keng imkonitya hosil bo‘ladi.

Quyosh ko‘zoynaklaridan filtr sifatida foydalanish
Agar smartfon kamerasi quyoshga qarshi ko‘zoynak shishasi ortidan suratga olsa, bu suratdagi ba’zi bir xira nur va akslanishlarning oldini oladi. Misol uchun suvdagi biror ob’yektni aniq-tiniq rasmga olishda shu usuldan foydalanish mumkin.

Ushbu suratda o‘ng tomondagi manzara olinganida ko‘zoynak filtr vazifasini bajargan. Shu sababli ham unda o‘ng tomondagi suratda avtomobilning old oynasida ko‘rinib turgan nur u qadar sezilmagan.


Shuningdek, ko‘zoynak shishasini manzaraga qaratib, smartfon orqali shu manzarani suratga olish ham qoyilmaqom surat olishga yordam beradi. Bunda yorug‘lik manbai kamera ob’yektiviga tushib turishi maqsadga muvofiq.

Shuningdek, yaxshi surat olish uchun quyidagi tavsiyalarga ham amal qiling:
1. Kamera ob’yektivini tez-tez tozalab turing.
2. Android smartfonlarda yoqish yoki blokirovka qilish tugmasini 2 marotaba bosish orqali kamerani tezkor ishga tushirish mumkin. So‘nggi Samsung smartfonlarida esa bosh tugmani 2 marta chertish orqali kamera ishga tushadi.
3. Agar surat tabiiy chiqishini istasangiz, fotochaqnoqdan doim ham foydalanmang. U yorug‘lik yetarli sharoitda ortiqcha soya va sharpani yuzaga keltirish mumkin. Uning o‘rniga tashqi ta’sir tizimi (EV) va ISO miqdorini oshiring. Ammo, unutmang ISO qanchalik yuqori bo‘lsa, surat shunchalik xira bo‘ladi.
4. HDR rejimi harakatsiz jismlarni suratga olishda ayni muddao.
5. Agar sizga suratdagi kiyimingizning rangi yoqmayotgan bo‘lsa, Colorify Augmented Reality ilovasini yuklab oling va suratni o‘zingiz istagandek bo‘yab chiqing.
6. Agar siz quyidagi kabi panorama suratlari olishni istasangiz, Small Planet bepul ilovasini yuklab oling.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!