Smartfoningizni "Hech narsa"ga aylantiring

Smartfoningizni

Bir necha oylik shov-shuvlardan keyin Nothing vanihoyat phone (1) ni taqdim qildi. Garchi londonlik kompaniyaning ilk smartfoni texnik xususiyatlar borasida o'rta darajali bo'lsa ham, u orqa tomonda qurilma ichki qismlarini ko'rsatib turadigan ajoyib, shaffof dizaynga ega va agar siz ham o'z smartfoningizni ana shunday noyob ko'rinishda bo'lishini istasangiz, dbrand'da siz uchun "nimadir" bor.

Foto: dbrand

Texno kompaniyalarni o'zining kinoyali va ayyorona marketingi bilan mazax qiladigan Dbrand'ning bu safargi nishoni Nothing bo'ldi. Kompaniya iPhone 13 Pro Max, Pixel 6 Pro va Galaxy S22 Ultra uchun phone (1) orqa paneli dizaynidan ochiqdan-ochiq ko'chirilgan (dbrand'ning o'zi buni tan oladi), qurilma ichki qismlariga taqlid qiladigan "Something" maxsus skin va keyslar to'plamini chiqardi. Kolleksiya cheklangan miqdorda bo'lib, skinlar narxi 24.95 dollarni, himoya keyslari narxi esa 49.90-54.90 dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, xohlovchilar boshqa qurilmalar uchun ham buyurtma berishlari mumkin. 

"Smartfon bozoriga yorib kirishni tasavvur qiling. Ma'lum bo'ladiki, Apple'dan ko'ra kamroq pulga ega bo'lish buni biroz qiyinlashtiradi. Bundan tashqari dbrand'dagi axmoqlar sening dizayningni "to'tiqushlab" (to'tiqush kabi takrorlab), uni o'zinga qarshi raqobatchi qiladi. Kechirasan, Karl." deydi dbrand o'zining Something to'plami sahifasida.

Qo'shimchasiga, kompaniya hech narsani o'g'irlamaganligini, aksincha, Teardown tashabbusi bilan boshqa brendlarning mobil qurilmalari ichki qismlariga qarashga ko'p vaqt sarflab, Nothing dizaynini kreativ tarzda boshqa qurilmalar uchun qayta chiqarganligini ta'kidlaydi. Dbrand'ga ko'ra, bu o'g'irlik emas - bu plagiat va bu jinoyat emas (plagiat Amerikada ko'p hollarda noqonuniy emas, lekin u mualliflik huquqini, patentni yoki savdo belgisini buzadigan bo'lsa, qonuniy choralar ko'rilishi mumkin).

O'QISH: Xiaomi 12 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!