Smartfoningizni shaffof qilib, barchani hayratga solishni istaysizmi?

  •   DiMaX
  •  9544
  •  20.08.2018 12:48

Smartfoningizni shaffof qilib, barchani hayratga solishni istaysizmi?

Android-qurilmalarning ekrani uchun ishlab chiqilgan interfaol ilovalar turli-tuman. Masalan, ulardan ayrimlari displeyga iPone X effektini beradi.

O‘QING: Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin!

Ammo shular orasida «Shaffof telefon» degan ilova alohida e’tiborga loyiq. U ayni damda kameraga nima tushayotgan bo‘lsa, o‘shani smartfonning asosiy ekraniga yoki blokirovka ekranida aks ettirib turadi.

Bunday oboy smartfonda shaffoflik effektini hosil qiladi: uning ekraniga qarab, orqasidagi manzarani ko‘rish mumkin.

«Shaffof telefon» ilovasi ikki rejimda ishlay oladi. Ulardan birinchisida asosiy kamera «ko‘rayotgan» manzara ekranda aks etib turadi. Ikkinchi rejim esa selfi-kameraga tushayotgan ko‘rinishni aks ettiradi – bunda ko‘zgu effekti hosil bo‘ladi.

Eng quvonarlisi shundaki, «Shaffof telefon» – hech qanaqa reklamasi va ichki xaridlari ham bo‘lmagan, mutlaqo bepul ilovadir. Uning ishlab chiquvchisi kelajakda dasturga yangi funksiyani ham joriy etishni va’da qilgan – o‘shanda u kamera ilovasini ishga tushirmasdan ham suratga oladigan bo‘ladi.

Android-smartfoningizga «Shaffof telefon» ilovasini mana bu havola orqali o‘rnatib olishingiz mumkin.

O‘QING: Istalgan Android-smartfonga iPhone X ishoralarini o‘rnatsa bo‘ladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!