Smartfonlar haqida qiziqarli faktlar

Smartfonlar haqida qiziqarli faktlar

Universal va zamonaviy smartfonlar o‘zining yengilligi va qulayligi bilan audio-pleer, telefon, soat, kalkulyator, budilnik va boshqa kundalik qurilmalar o‘rnini bosmoqda. Endi, deyarli har bir inson yoshi, madaniyati va did xususiyatlaridan qat’i nazar, ushbu qurilmalar haqida gapirib berishi mumkin. Ammo biz sizni smartfonlar haqida hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

• 2016 yilda bir milliarddan ortiq smartfon sotuvga chiqarilgan. 2017 yilning birinchi yarmida esa 647 million dona smartfon ishlab chiqarilgan.

• Smartfonlarning eng qimmat detallari ekran va xotirasi hisoblanadi.

• Har o‘ninchi foydalanuvchi, hatto xayolini sevgi band qilganda ham, smartfonini qo‘lidan qo‘ymaydi.

• Janubiy koreyalik mutaxassislar tomonidan smartfon sababli “raqamli esi pastlik“ deb ataluvchi kasallik paydo bo‘lishi aniqlangan. Agar foydalanuvchi smartfonga ruju qo‘ysa, diqqatni jamlash qobiliyatini yo‘qotishi isbotlangan.

• Har yili smartfonlarga 20 milliarddan oshiq ilovalar yuklanadi.

• Bugungi kunda Hindistonda hojatxonalardan ko‘ra ko‘proq smartfonlar mavjud.

• Finlar “smartfonni uloqtirish“ nomli yangi sport turini yaratishdi. Bu sport zamonaviy gadjetlarga qaramlikdan qutulish maqsadida o‘ylab topilgan.

• Yaponlar dush qabul qilayotganda ham smartfondan foydalanishadi.

• Germaniya kansleri Angela Merkel 2 ta smartfondan foydalanadi.• Har qanday smartfon asosini operatsion sistema tashkil etadi.

• Bugungi kunda, smartfon xaridida insonlar qurilmaning mustahkamligiga emas, balki dasturiy ta’minotiga ko‘proq e’tibor berishadi.

• “Smartfon“ atamasi Ericsson korporatsiyasi tomonidan o‘zining yangi Ericsson R380s telefonini nomlash maqsadida 2000 yilda o‘ylab topilgan.

• Birinchi smartfonning narxi 900 dollar bo‘lgan.

• “Smartfon“ atamasini so‘zma-so‘z tarjima qilganda “aqqli telefon“ ma’nosini anglatadi.

• Smartfonda astronavtlarning Oyga yetkazilishini ta’minlovchi kompyuterga qaraganda ancha katta hisoblash quvvati mavjud.

• Nomofobiya - bu smartfonsiz qolishdan qo‘rqish.

• Smartfon uchun olingan patentlar 250 mingdan ortiq.

• Statistikaga ko‘ra, bir inson bir kunda o‘rtacha 110 marta smartfoniga qaraydi.

• Yaponiyada smartfonlarning katta qismini suv o‘tkazmaydigan turlari tashkil etadi.

• Smartfon foydalanuvchilarining 65 foizga yaqini unga dastur yuklamaydi.

• Taxminan, amerikaliklarning 47 foizi smartfondan foydalanmasdan bir kun ham yashay olishmaydi.

• Birinchi smartfon tijoriy tach-devays bo‘lib, uni barmoq yoki ruchka orqali boshqarish mumkin edi.

• Birinchi eng yupqa smartfon Koreyada ishlab chiqarilgan gadjet bo‘lib, uning qalinligi atigi 6,9 millimetr bo‘lgan.• Birinchi smartfonning og‘irligi 400 grammni tashkil qilgan.

• Smartfondagi qo‘ng‘iroqlarga javob berishdan qo‘rqish telefonofobiya kasalligi deyiladi.

• Dunyoda smartfonlarning atigi 2 turi eng qimmatlari hisoblanadi. Bu — Vertu gadjeti va mijozga moslashtirilgan iPhone.

• Bir yilda bir smartfonda o‘rtacha 1140 ta qo‘ng‘iroq amalga oshadi.

• Dunyodagi birinchi smartfon birinchi mobil telefondan 20 yil o‘tib chiqarilgan.

• Hindistonning qishloq zonalarida 100 million insonda smartfon mavjud.• 64% yoshlar “do‘stimniki bilan bir xil“ tamoyilida o‘zlariga smartfon tanlashadi.

• Braziliyada yil davomidagi smartfonlar savdosining jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Savdolarning o‘sih hajmi taxminan 120% ni tashkil qiladi.

• Yoshlarning taxminan 83% i smartfondan fotoapparat sifatida foydalanishadi.

• Bir yilda Britaniyada bir o‘spirin tomonidan 18 mingga yaqin xabar yuboriladi.

• Har uchtadan bir kishi smartfon xarididan oldin do‘stlari bilan maslahatlashadi.

O‘QING: Kompyuterlar haqida qiziqarli faktlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!