Smartfonlar ish samaradorligini kamaytirishi tajribalarda isbotlandi

Smartfonlar ish samaradorligini kamaytirishi tajribalarda isbotlandi

Hi-tech.mail.ru nashrining yozishicha, Nottingem Trent va Vyursburg universitetlari hamkorligida o‘tkazilgan tadqiqotlar smartfon xodimning ish samaradorligini kamaytirishini tasdiqladi.

Tajribalarda 19-56 yosh oralig‘ida bo‘lgan jami 95 ta (56 nafar ayol, 39 nafar erkak) ko‘ngilli ishtirok etgan. Tajribadan ko‘zlangan maqsad turli sharoitlarda insonning konsentratsiyasini baholash edi. Tadqiqot 4 ta shart bo‘yicha o‘tkazilgan: smartfon cho‘ntakda, ish stolida, qutida va xona tashqarisida joylangan. Tajribada qatnashgan ko‘ngillilar ikkita ekranda qisqa payt  davomida ko‘rsatilgan harflarni aytishlari kerak bo‘lgan. Smartfon qanchalik yaqin tursa, ishtirokchilar shunchalik ko‘p adashishgan.

Ishtirokchilar stol ustidagi smartfonga qaraganda, ularning konsentratsiyasi minimum darajada bo‘lgan. Smartfon xonadan tashqarida bo‘lganda, ishtirokchilar konsentratsiyasi 26% ga yuqori bo‘lgan.

Mutaxassislar smartfonning yo‘qligi ishtirokchilarda xavotir uyg‘otmaganini ta’kidlashgan. Barcha holatlarda qatnashchilar o‘zlarini bir xil his etishgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.